AQShda qariyb 50 kishi g‘ayritabiiy ob-havo qurboniga aylandi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

AQShda qariyb 50 kishi g‘ayritabiiy sovuq havo qurboniga aylandi, deb yozadi «Washington Post» o‘z hisob-kitoblariga tayanib, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Avvalroq AQShni qamrab olgan qorli va sovuq ob-havo natijasida 37 kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.

«Washington Post» gazetasining yozishicha, mamlakatda yakshanba kunidan beri kamida 47 kishi vafot etgan, ulardan 30 nafari — Texasda. Qayd etilishicha, gazeta hisob-kitoblariga ob-havo sharoitida aniqlangan o‘lim yoki shu sababli o‘limga gumon qilingan holatlar kiritilgan. Bundan tashqari, qurbonlarning haqiqiy soni ko‘p ekanligiga shubha yo‘q, deb yozadi gazeta.

Реклама на Unews

Ularning ba’zilari isinishga urinayotib is gazidan zaharlanib qolishgan, boshqalari gipotermiya yoki YTH oqibatida vafot etishgan. Aksariyat halok bo‘lganlarning shaxsi haligacha aniqlanmagan.

G‘ayritabiiy sovuq va qorli ob-havo AQShning bir qancha hududlarini qamrab oldi. Texas eng ko‘p zarar ko‘rganlar sirasiga kiradi.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий