Ana xolos! Koronavirus haqidagi muhim fakt rad etildi
7328 23-07-2020 0 МирИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Rossiyalik yuqori toifali terapevt Yelena Karjakina "Zvezda" telekanaliga bergan intervyusida koronavirusning soch to‘kilishiga ta’siri haqidagi gaplarni baholadi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.
Mutaxassis Covid-19 bemorlarining sochi to‘kilishi haqidagi gap-so‘zlarga to‘xtalib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, koronavirus insonning tashqi ko‘rinishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
Karjakinaning so‘zlariga ko‘ra, tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarishlar faqatgina bemorlar infeksiyadan oldin boshqa kasalliklarga duchor bo‘lgan taqdirdagina mumkin. "Koronavirus fonida surunkali kasalliklar kuchayishi va bemorning sog‘lig‘i yomonlashishiga, shu jumladan, ba’zi tashqi o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin", — deb tushuntirdi shifokor.
Реклама на Unews
Avvalroq The Sun nashri koronavirus infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlar sochlarning to‘kilishidan shikoyat qilishgani haqida xabar bergandi.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.