Aholi o`rtasida sport sinovlari yo`lga qo`yilib, g`oliblarga imtiyozlar beriladi — Prezident topshirig`i

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Avval xabar qilganimizdek, 9 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida turizm va sport sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi yildagi vazifalar muhokamasi yuzasidan videselektor yig`ilishi o`tkazildi.

Yig`ilishda aholini ommaviy sportga keng jalb qilish masalalari ham muhokama qilindi.

Bugungi kunda aholimizning bor-yo`g`i 19 foizi jismoniy tarbiya va sport bilan qamrab olingan. Aksincha, nosog`lom turmush tarzi, tarkibida tuz, qand va yog` miqdori ko`p bo`lgan hamda xamirli taom va nonni me`yoridan ortiq iste`mol qilish holatlari ko`p uchraydi.

Реклама на Unews

Koronavirus infeksiyasi, avvalo, yurak-qon tomir, nafas yo`llari kasalligiga chalingan, ortiqcha vaznli fuqarolarda og`ir kechgani hammaga ma`lum. Bu ham sog`lom turmush tarzi va sportning ahamiyatini yana bir bor yaqqol ko`rsatdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 30 oktyabrdagi farmonida sog`lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish bo`yicha juda muhim chora-tadbirlar belgilangan edi. Jumladan, tuman markazlari va shaharlarda 3-5 kilometrlik “Salomatlik yo`laklari” barpo etish vazifasi qo`yilgan.

Yig`ilishda shu boradagi manzilli ro`yxatni shakllantirib, qurilish ishlarini boshlash, piyodalar va velosipedlar uchun barcha qulayliklarni yaratish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.  

Реклама на Unews

Prezidentimiz joylarda sport infratuzilmasini rivojlantirish masalasiga alohida e`tibor qaratdi. Xususiy sport inshootlari, vorkaut, mini-futbol, badminton, stritbol maydonlari va fitnes zallari barpo etishga tadbirkorlarni jalb qilish bo`yicha topshiriqlar berildi.

Yurtimizda xalqaro sport musobaqalarini o`tkazish orqali sport turizmini rivojlantirish kerakligi ta`kidlandi. Xususan, xalqaro mototur va velotur musobaqalari tashkil etiladi, buning uchun mamlakat hududlaridan Bo`stonliq tumanigacha marshrut ishlab chiqiladi.

Aholi o`rtasida jismoniy tayyorgarlik darajasi bo`yicha sport sinovlarini yo`lga qo`yib, uning g`oliblariga imtiyozlar berilishi belgilandi. Buni birinchi navbatda maktab o`quvchilari o`rtasida, bosqichma-bosqich aholi o`rtasida tashkil etish kerakligi qayd etildi.

Ma`lumki, O`zbekistondagi har bir tuman va shahar bittadan ustuvor, istiqbolli hamda rivojlanayotgan sport turlariga ixtisoslashtirilgan. Mazkur tizimdan kelib chiqib, hududda yirik musobaqalar o`tkazib turish va salohiyatli sportchilarni tarbiyalash muhimligi ta`kidlandi. Buning uchun Milliy Olimpiya qo`mitasi barcha sport federasiyalari faoliyatini tuman va shaharlarga bog`lagan holda tashkil etib, joylarda Olimpiya harakatini rivojlantirib boradi.

Yig`ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilar axborot berdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий