60 yil oldin yaratilgan dorining koronavirusni davolashda samarali ekanligi ma`lum bo`ldi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus COVID-19ni davolashda erishilgan katta "ilmiy yutuq" haqida gapirib berdi. Bu haqda yuz.uz yozmoqda, deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

Xususan, Gebreyesus Buyuk Britaniyadagi koronavirusni davolashda deksametazon steroidi bilan o`tkazilgan klinik tadqiqotlar natijalarini yuqori baholadi. 

"Bu COVID-19 bilan kasallangan, qo`shimcha kislorod yoki sun`iy nafas olishga muhtoj bo`gan bemorlarning o`lim darajasini pasaytirishda yaxshi natija ko`rsatgan birinchi dori ", - dedi Gebreyesus va ilmiy ish natijalarini "ajoyib yangilik" deb atadi.

Реклама на Unews

Oksfordda o`tkazilgan tadqiqotlar deksametazon sun`iy nafas olayotgan be`morlar orasida o`lim darajasini 35 %ga, qo`shimcha kislorodga muhtoj bo`lgan bemorlar orasida - 20 %ga kamaytirishi aniqlangan. Sinov davomida 2104 bemor o`n kun davomida kuniga 6 milligrammdan ushbu preparatni qabul qilgan. Hisob-kitoblarga ko`ra, agar kashfiyot oldinroq amalga oshirilsa, mamlakatda besh mingga yaqin odam hayotini saqlab qolish mumkin edi.

Deksametazon dorisi insoniyatga 60 yildan beri ma`lum va yallig`lanishga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Bu ko`p qimmat dori emas. Britaniyada bir qutisi 5 funt turadi. Oksforddagi kashfiyotni Misr ham sharhladi. Misrning Koronavirus ilmiy qo`mitasi rahbari Xussam Hosnining so`zlariga ko`ra, Misr deksametazon yordamida COVID-19 ni davolashda oldindan foydalanib kelgan va ijobiy natijalarga erishgan.

"Buyuk Britaniya ushbu dori-darmonni ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishga muvaffaq bo`ldi, garchi Misr bundan oldin ham undan foydalangan bo`lsa", - dedi Husni Sada al-Balad efirda.

Реклама на Unews

Uning so`zlariga ko`ra, preparat koronavirus bilan og`rigan bemorlarni o`rtacha va og`ir bosqichlarda davolash uchun ishlatiladi. Biroq, dorilarni faqat shifokorlar nazorati ostida kasalxonalarda foydalanish mumkin.

Eslatib o`tamiz, bugungi kunda dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 8 mln nafardan oshgan, 434 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий