6 oy avval bedarak yo`qolgan toshkentlik fuqaro Jizzaxdan topildi
3724 23-12-2020 0 У насИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Jizzax viloyati Do`stlik tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limi boshlig`i Baxtiyor Tuymanov hamda tuman IIB navbatchilik qismi katta inspektori Alisher Hasanovning sa`y-harakatlari bilan joriy yilning 15 iyunidan buyon bedarak yo`qolganligi uchun qidiruvda bo`lgan shaxs ushlangan.
Ya`ni, Do`stlik tumani «Manas» qishloq fuqarolar yig`inida bemaqsad yurgan fuqaro tuman ichki ishlar bo`limiga keltirilib, shaxsiga aniqlik kiritish choralari ko`rilganda ushbu fuqaroning Toshkent shahri Sirg`ali tumani, Sergeli dahasida istiqomat qiluvchi, 2- guruh nogironi S.L. ekanligi ma`lum bo`ldi.
Реклама на Unews
Ushbu shaxsni yashash manziliga qaytarish choralari ko`rilgan.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.