3 nafar bokschimiz Xalqaro boks federatsiyasi reytingidan joy oldi
4266 06-07-2020 0 СпортИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional boksda faoliyatini olib borayotgan charm qo‘lqop ustalarining yangilangan reytingini e’lon qildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.
Ushbu reytingdan o‘zbekistonlik uch nafar bokschi o‘rin olgandi. Yangilangan reytingda ikkinchi yengil vazn toifasida (-55,3 kilogramm) Murodjon Ahmadaliyev birinchi o‘rinda qayd etilgan. M.Ahmadaliyev, shuningdek, WBA yo‘nalishi chempioni hisoblanadi.
Birinchi yarim o‘rta vazn toifasida (-63,5 kilogramm) Shoxjahon Ergashev oltinchi o‘rinni band etgan. Ushbu vazn toifasida reytingni jahon chempioni Josh Teylor boshqarib turibdi.
Реклама на Unews
Yarim o‘rta vazn (-66,6 kilogramm) toifasida Qudratillo Abduqahhorov 1-pog‘onani saqlab qoldi. U mazkur vazn toifasida chempionlik kamari uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Ayni paytda IBF kamari Errol Spensga tegishli.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.