BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

O‘zbekistonda oltin ishlab chiqarish 50 tonnaga yetkaziladi

Bugun, 26 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida investitsiya masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.  Bu haqida "Qalampir.uz" nashri xabar bermoqda.

Yig‘ilishda 26 may kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilingani ta’kidlandi.

Unga ko‘ra, metallurgiya komplekslari va 2 ta mis boyitish fabrikasi barpo etish orqali mis va oltin ishlab chiqarish hajmi 3 baravarga oshirilib, mis ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 400 ming tonna, oltin – 50 tonna va kumush 270 tonnagacha yetkaziladi.

Zargarlik va elektr texnikasi kabi tarmoqlar bundan foydalanib, ishlab chiqarish hajmi va ish o‘rinlarini ko‘paytirishi zarurligi qayd etildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring