BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

O‘zbekistonda oltin ishlab chiqarish 50 tonnaga yetkaziladi

Bugun, 26 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida investitsiya masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.  Bu haqida "Qalampir.uz" nashri xabar bermoqda.

Yig‘ilishda 26 may kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilingani ta’kidlandi.

Unga ko‘ra, metallurgiya komplekslari va 2 ta mis boyitish fabrikasi barpo etish orqali mis va oltin ishlab chiqarish hajmi 3 baravarga oshirilib, mis ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 400 ming tonna, oltin – 50 tonna va kumush 270 tonnagacha yetkaziladi.

Zargarlik va elektr texnikasi kabi tarmoqlar bundan foydalanib, ishlab chiqarish hajmi va ish o‘rinlarini ko‘paytirishi zarurligi qayd etildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Jonli ijroda o‘tkazilgan konsertlar uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma beriladi Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston prezidentining farmoni imzolandi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri. Farmonga muvofiq, Madaniyat vazirligi va boshqa davlat organlari tomonidan davlat tadbirlari va boshqa tadbirlarga ijodkorlar va ijrochilarning jamoatchilik asosida jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi. Hujjatga ko‘ra, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalk ta’limi vazirligi 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab notalar to‘plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlarni Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan chop etilishini va ularning ta’lim muassasalariga to‘liq yetkazilishini ta’minlaydi. 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi konsert, madaniyat saroylari va boshqa muassasalarda to‘liq jonli ijro asosida o‘tkazilgan konsert dasturlari uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma berish tartibi joriy etiladi.  Qayd etilishicha, San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi tashkil etiladi. Palata faoliyatining dastlabki bosqichlarida uni qo‘llab-quvvatlash uchun Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘m ajratiladi. COVID-19 ga qarshi "umid" qilingan dorilardan birining sinovi to'xtatildi! O‘zbekistonda oltin ishlab chiqarish 50 tonnaga yetkaziladi Jazirama davom etadi: O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring