O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi bitim kuchga kirdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning 2019-yil 15-aprel kuni O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim 2020-yil 22-maydan kuchga kirdi,  deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Hujjat noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, ikki davlatning hududida noqonuniy bo‘lib turgan shaxslarni aniqlash va ro‘yxatga olish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.

Qayd etilgan Bitim doirasidagi hamkorlik manfaatdor Tomonning yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovnomalari asosida amalga oshiriladi.

Реклама на Unews

Bitimda, shuningdek, noqonuniy migratsiyaga qarshi samarali kurashish maqsadida ma’lumot va tajriba almashish, Tomonlar xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda qo‘shma tezkor profilaktik tadbirlarni tashkil etish ham nazarda tutilgan.

Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.

O‘zbekistonda dam olish kunlari 40 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda

Реклама на Unews

"Har bir oila - tadbirkor" dasturi uchun yana $100 mln ajratiladi

Prezident Andijonda oilalarga subsidiya ajratish, yo‘llar va suv tarmoqlarini ta’mirlashni buyurdi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий