Prezident Andijonda oilalarga subsidiya ajratish, yo‘llar va suv tarmoqlarini ta’mirlashni buyurdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilar bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Andijon viloyati aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish masalalarini muhokama qildideb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Ma’lum qilinishicha, bu yilda viloyatda 6 ming 196 ta – o‘tgan yilga nisbatan 2 barobar ko‘p uylar qurilmoqda.

Davlat rahbari uy-joyga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etib, Andijon viloyatida 819 ta oilaga subsidiya ajratish zarurligini ta’kidladi.

Реклама на Unews

Foto: president.uz

Bu yil 642 kilometr avtomobil yo‘li, 85 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari qurilishi va ta’mirlanishi belgilandi.

Реклама на Unews

Ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quvchilarni 7-sinfdan qiziqqan kasbiga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Bu kelgusida ularning bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

– Meni eng ko‘p o‘ylantiradigan masala – yoshlar va xotin-qizlar. Ularga e’tibor, ko‘mak kerak. Bilimi, qo‘lida kasb-hunari bo‘lsa, hayotda o‘z o‘rnini topib ketadi, dunyoqarashi ham boshqacha bo‘ladi. Ota-onasi, oilasi ham davlatdan rozi bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: president.uz

Turizm va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, jinoyatchilikning oldini olish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosarlari, tarmoq rahbarlari hisobot berdi. Videoaloqa orqali tuman hokimlari va faollarning fikrlari eshitildi.

Foto: president.uz

Foto: president.uz

Foto: president.uz

Foto: president.uz

Foto: president.uz

Foto: president.uz

Foto: president.uz

Foto: president.uz

Pokistonda samolyot halokatga uchradi. Bortda 100 nafar yo‘lovchi bo‘lgani aytilmoqda

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Istanbul shahridagi vakolatxonasi ochiladi

Xitoy koronavirus epidemiyasiga javob choralari ko‘rishda xatolarga yo‘l qo‘yilganini tan oldi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий