Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Istanbul shahridagi vakolatxonasi ochiladi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida vakolatxonasini ochish to`g`risida”gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e`lon qilindi. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Turkiya Respublikasi Istanbul shahrida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining vakolatxonasini ochish to`g`risidagi taklifi ma`qullandi.

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:

Реклама на Unews

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta ko`rib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida” 725-son qaroriga asosan, vakolatxonani tashkil etish, jihozlash va saqlash bilan bog`liq xarajatlarni O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining mablag`lari hisobidan amalga oshirilishini, keyinchalik ushbu mablag`larni O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi hisobidan qoplab berilishini ta`minlaydi.

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Turkiya Respublikasidagi vakolatxonasi moliya-xo`jalik faoliyatini amalga oshirishi uchun alohida hisob-raqam ochish masalasini hal qiladi.

Bir hafta muddatda vakolatxonaning tashkiliy tuzilmasi hamda shtatlar jadvalini tasdiqlaydi.

Реклама на Unews

Vakolatxonaning tegishli lavozimlariga mutaxassislarni ishga qabul qilish O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Xitoy koronavirus epidemiyasiga javob choralari ko‘rishda xatolarga yo‘l qo‘yilganini tan oldi

Amerikalik olim siyosatchilarning vaksina ishlab chiqilishi haqidagi va’dalariga ishonmaslikka chaqirdi

Namanganda 84 yoshli bemor koronavirusdan tuzaldi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий