Koronavirus mutatsiyaga uchrashni boshladimi?

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Xitoyning shimoli-sharqidagi koronavirusga chalingan yangi bemorlarda Uxandagi holatlardan farqlanuvchi o‘zgacha belgilar kuzatilmoqda, deya xabar bermoqda xitoylik mutaxassislar. Ular virus noma’lum sharoit ta’sirida mutatsiyaga uchray boshlaganidan xavotirga tushishmoqdadeb yozmoqda "xabardor.uz" nashri.

Oxirgi ikki hafta ichida koronavirusning yangi to‘lqini qayd etilgan Shulan, Tzilin va Shenyan qishloqlarida 46 ta kasallanish holati ro‘yxatga olingan. Hozirgi kunda mamlakatda qariyb 108 mln. kishi karantinga olingan. Xitoy hukumati yangi kasallik o‘chog‘i Rossiyadan kelgan bemorlar bilan aloqada bo‘lish oqibatida kelib chiqqanini ta’kidlamoqda. 

Реклама на Unews

– Rossiya va shimoli-sharqiy Xitoyda qayd etilgan holatlarning o‘xshashligi genetik ketma-ketlik natijalari bilan izohlanadi, deydi Xitoyning reanimatsiya bo‘yicha asosiy shifokorlaridan biri Tsyu Xaybo.
Tsyu hozirgi kasallikni virusning birinchi tarqalishi bilan solishtirib, quyidagi o‘zgarishlarni ajratib ko‘rsatdi:

• Xitoyning shimoliy viloyatlaridagi bemorlar o‘z organizmlarida virusni uzoq vaqt tutib turishgan, shu vaqt oralig‘ida test natijalari ijobiy chiqqan;

Реклама на Unews

• yangi bemorlarda kasallik alomatlari ancha kechikib namoyon bo‘lgan. Uxanda esa simptomlar paydo bo‘lgunicha oradan bir yoki ikki hafta o‘tgan. Sekin namoyon bo‘lish mutaxassislarga kasallikni boshqalarga yuqtirishdan oldin aniqlashga imkon bermaydi;

• shuningdek, shimoli-sharqiy hududda aniqlangan bemorlar asosan o‘pka shamollashi va shikastlanishiga duchor bo‘lishgan, Uxandagi kasallanganlarda esa virus yurak, buyrak va ichaklarga ham zarar yetkazgan edi.

Dunyoda ilk bor chaqaloqda jigar transplantatsiyasi o‘tkazildi

Viloyatliklar to‘laydigan 5 foizlik stavka bekor bo‘ldi

Prezident Andijonga jo‘nab ketdi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий