Dunyoda ilk bor chaqaloqda jigar transplantatsiyasi o‘tkazildi
3579 21-05-2020 0 МирИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Yaponiya bolalar salomatligi va rivojlanishi milliy markazi xodimlari tarixda birinchi marta yangi tug‘ilgan chaqaloqqa jigarini tiklash uchun hujayrali transplantatsiya operatsiyasini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda bugun, 21 may kuni NHK telekanali ma’lum qildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilning oktyabr oyida tug‘ilgan chaqaloq karbamid siklining buzilishidan aziyat chekkan. Protein almashinuvi jarayonining noto‘g‘ri ishlashi tufayli ushbu tashxis qo‘yilgan bemorlarning jigarida katta miqdordagi ammiak to‘planib qoladi, bu esa o‘lim ehtimoliga olib keladi. Bunday holda, bemorlarga jigar transplantatsiyasi kerak, ammo bu operatsiya faqat uch oydan katta bemorlarda amalga oshirilishi mumkin.
Shu munosabat bilan shifokorlar olti kunlik bo‘lgan 190 millionga yaqin ildiz hujayralarini yangi tug‘ilgan chaqaloqning jigariga ko‘chirishga qaror qilishdi. Hujayralar organizmda ildiz otib, ammiakni parchalash uchun ichki organlarning ishini tiklashga muvaffaq bo‘lishdi. Shu tufayli bolaning ahvoli normal holatga qaytdi. 2020 yilning mart oyida u jigarni to‘liq ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
Реклама на Unews
Yapon markazi xodimlari ushbu usulni bemorlar orasida foydalanishni kengaytirish maqsadida klinik sinovlarni davom ettirish niyatida ekanliklarini aytishdi.
Viloyatliklar to‘laydigan 5 foizlik stavka bekor bo‘ldi
Prezident Andijonga jo‘nab ketdi
Реклама на Unews
Moskvada koronavirus qurbonlari soni keskin oshdi
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.