Moskvada koronavirus qurbonlari soni keskin oshdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

So‘nggi bir kun ichida Moskvada koronavirus aniqlangan bemorlarning 68 nafari hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda vaziyatni kuzatish va nazorat qilish bo‘yicha Moskva tezkor shtab-kvartirasi ma’lum qildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

"Moskvada 68 bemor vafot etdi. Ularga pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan va koronavirus infeksiyasi uchun ijobiy sinovlar o‘tkazilgan edi", deyiladi xabarda.

Rossiya poytaxtida COVID-19 bilan kasallangan bemorlar orasida o‘limning umumiy soni 1794 taga yetdi.

Реклама на Unews

Moskva meri Sergey Sobyanin shaharda koronavirusga chalingan og‘ir va o‘ta og‘ir 1700 nafar bemor borligini ma’lum qildi.

Shahar meri so‘nggi uch hafta ichida ularning soni kamaymaganligini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu holatda bo‘lgan bemorlar taxminan 2-3 hafta intensiv terapiyada davolanishadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada jami 308 705 nafar odamda koronavirus aniqlangan. Infeksiya sababli 2 972 bemor vafot etgan, 85 392 nafari shifo topgan.

Реклама на Unews

"3500dan ortiq xonadon suv ostida" Michigan shtati tarixidagi eng yirik toshqin suratlarda

Rayhon hammadan kechirim so‘radi, Munisa Rizayeva tezroq ona bo‘lish niyatida (foto)

Tramp “AQSH tarixidagi eng katta iqtisodiy o‘sish” haqida gapirdi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий