Sardobalik cho‘pon: "Bu yerda boy boyga, suv soyga oqyapti. Boshqa gap yo‘q! Ko‘chib ketaman"

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Sardoba falokati oqibatida minglab fuqarolar singari jabr ko‘rgan cho‘pon Zafar Qurbonov «Sevimli» telekanalining «Zamon» informasion dasturi muxbiriga boshdan kechirgan qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi. Bu haqida "Aniq.uz" nashri xabar bermoqda.

«Men xalqning molini boqaman, podachiman. Podaning orqasidan yig‘inib shu ishni qilgan edim. Boshqa joydan daromadim yo‘q edi. Shu xalqning molini boqib, shu uyni solgan edim, hammasi bir tiyin bo‘ldi. 15 yil birovning uyida ijarada yashab, olti yil mol boqib yurib, olti yil deganda, zo‘rg‘a pul yig‘ib, shu uyni solgan edim.

Реклама на Unews

Hozir o‘zim avval mollarimni boylab, boqadigan joyda yashayapman. Mollarimni jo‘natib yubordim. Shuncha narsani tashlab ketib bo‘lmayapti. Ertalab turib, odamlarga qo‘shilib choyni ichib kelib, yana shu yerda qo‘limdan kelganicha ish qilyapman, uyni buzyapman.

Bir kunda suv kelib, bosib, hammayoq tugadi. Bu yerda yashashga qo‘rqib qoldim. Xudoga shukr, bizni tongda suv urdi. Agar suv kechasi bosganida, ancha-muncha odam omon qolmasdi.

Yangi uyda bir yarim, ikki yil yashadim. Lekin hali mazza qilganim yo‘q. Yetti yilda qurilgan suv ombori yetti yil turib bermadi. Endi meni bu yerga umuman qiziqishim qolmadi. Xudo xohlasa bu yerda yashamayman, boshqa yerga ketaman.

Реклама на Unews

Gapning ochig‘i, yana shu holat takrorlanishidan qo‘rqyapman, yo‘qotishdan qo‘rqyapman. Shuncha sarf-xarajat bir pul bo‘ldi. Kecha ayolim keldi, «Qanday qilib bo‘lsa ham boshqa yerdan joy top», dedi. Jonim omon bo‘lsa, boshqa yerga joy qilib ketaman.

Hozir xalqning molini boqishga imkoniyat ham yo‘q. Vatan qilish kerak. Nasib qilsa, boshqa yerga uy-joy qilib ketaman. Xudo xohlasa, hayotimni noldan boshlayman. Qancha pul yig‘ib, shu holatga keltirgandim. Hali ham Tojmahal emas bu, kichkinagina uy. Tojmahal bo‘lganida, bilmadim endi...», — deydi Zafar Qurbonov o‘z intervyusida.

Sardoba tumanidagi «Qo‘rg‘ontepa» mahallasida yashovchi fuqaroning aytishicha, u o‘z tomorqasiga issiqxona qurish uchun tijorat banklaridan kredit olishga harakat qilgan. Ammo biror natija bo‘lmagach, o‘zi mablag‘ yig‘ib, yaxshi niyatlar bilan issiqxona qurgan. Biroq falokat oqibatida barcha pomidor ko‘chatlar «o‘lgan».

«Issiqxona qurish uchun kredit ololmadim, otangga bor, enangga bor, deyishdi. Lekin televizorda yurtboshimiz harakat qilganga ber, deyapti. Ammo bu yerda faqat boy boyga, suv soyga oqyapti. Bo‘ldi boshqa gap yo‘q.

Shu bir yarim sotix yerdagi pomidorni ekishga 7,5 million so‘m pul ketdi. Bolalarimga yedirmay, to‘xtab tur, shuni qilaylik, Xudo xohlasa ish bo‘ladi, pul bo‘ladi bizga, deb issiqxona qilgandim. Lekin mana barchasi zax chaqib, tagidan havo kirmay ‘o‘ldi’ », — deydi sardobalik cho‘pon.

Sardobalik cho‘pon: "Bu yerda boy boyga, suv soyga oqyapti. Boshqa gap yo‘q! Ko‘chib ketaman"

Fotogalereya: Prezident Sirdaryoda qurilayotgan turar joylarning poydevoriga tamal toshi qo‘ydi

Sardoba toshqinida uy ichida qolib ketgan ayol (VIDEO)

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий