Quvada jurnalistlarga hujum qilganlikda gumonlanib 4 kishi ushlandi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Avvalroq, 13 may kuni “Effect.uz” sayti xodimi G‘iyosbek Eshov Farg‘ona viloyatining Quva tumanida hujumga uchragani haqida xabar bergan edik. Muxbir Tojiboyevning aytishicha, holat Quva tumani hokimligida fuqaroning murojaati o‘rganilgandan so‘ng sodir bo‘lgan, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Farg‘onada jurnalistlar hujumga uchradi. Gumonlanuvchilar hokimiyatdan yollangani taxmin qilinmoqda (video)

Keyinroq, voqea yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov rasmiy munosabat bildirib, mazkur holat nazoratga olinganini ma’lum qilgan edi. Ayni vaqtda Bosh prokuratura matbuot kotibi 4 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ushlanganini xabar berdi.

Реклама на Unews

“EFFECT.UZ saytining xodimi Farg‘ona viloyatining Quva tumanida noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchraganligi holati yuzasidan JKning 166-moddasi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishi bo‘yicha 4 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida jalb qilindi. Tergov harakatlari olib borilmoqda,“ — deyiladi prokuratura bayonotida.

Xorijlik haydovchilarga karantin davrini kutmasdan Turkiya hududiga kirishiga ruxsat berildi

Реклама на Unews

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2636taga yetdi

Ertaga ko‘pgina viloyatlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutiladi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий