Xorijlik haydovchilarga karantin davrini kutmasdan Turkiya hududiga kirishiga ruxsat berildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O‘zbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat hududida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish kiritilgani to‘g‘risida ma’lum qildi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Xabar berilishicha, xorijlik haydovchilarga iloji boricha tezroq mamlakatdan chiqib ketish sharti bilan 14 kunlik karantin davrini kutmasdan Turkiya hududiga kirishga ruxsat beriladi.

Kema orqali xorijiy yuk tashuvchilarga (Ro-Ro operatsiyalari) “Zonguldak-Chernomorsk (Illichivsk)”, «Istanbul-Chernomorsk», «Karasuk-Chernomorsk», «Konstanta-Karasu», «Tashuju-Tripoli» va «Mersin-Hayfa» yo‘nalishlarida tashishni amalga oshiradigan kema bortida bo‘lishlariga ruxsat beriladi (ilgari haydovchilarning kemaga kirishiga ruxsat berilmagan, faqat yarim tirkamalar / tirkamalar qabul qilingan).

Реклама на Unews

Kasallik alomatlari aniqlansa, chet ellik haydovchilarning Turkiya hududiga kirishi rad etiladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий