11-o‘lim! Yurtimizda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Toyloqlik O‘. shu yilning 9 may kuni burnidan qon ketishi va umumiy ahvoli og‘irligi kuzatilganligi sababli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand viloyat filiali reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan.O‘tkazilgan diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda  “Covid-19”  infeksiyasi ham aniqlangan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri. 

Ushbu bemor (erkak) surunkali bo‘yrak yetishmovchiligi va anemiya og‘ir darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida bo‘lgan. Unga ikkinchi guruh nogironlik ham belgilangan. Shu yilning 28 aprelidan 5 mayigacha u yuqorida keltirilgan tashxis bilan tibbiyot muassasasida  davolangan, muntazam rejali dializ seanslarini olib kelgan. Bemorning davolanishi davomida  kunlik ahvoli mamlakatimizdagi nufuzli mutaxassislar bilan birga xorijlik shifokorlar tomonidan ham bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilib, nazoratga olingan.

Biroq mutaxassislarning  standartlar asosida  o‘tkazgan tezkor reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Реклама на Unews

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий