11-o‘lim! Yurtimizda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi
7993 13-05-2020 0 O'zimizdaToyloqlik O‘. shu yilning 9 may kuni burnidan qon ketishi va umumiy ahvoli og‘irligi kuzatilganligi sababli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand viloyat filiali reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan.O‘tkazilgan diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda “Covid-19” infeksiyasi ham aniqlangan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.
Ushbu bemor (erkak) surunkali bo‘yrak yetishmovchiligi va anemiya og‘ir darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida bo‘lgan. Unga ikkinchi guruh nogironlik ham belgilangan. Shu yilning 28 aprelidan 5 mayigacha u yuqorida keltirilgan tashxis bilan tibbiyot muassasasida davolangan, muntazam rejali dializ seanslarini olib kelgan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mamlakatimizdagi nufuzli mutaxassislar bilan birga xorijlik shifokorlar tomonidan ham bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilib, nazoratga olingan.
Biroq mutaxassislarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
Реклама на Unews
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.