Sardobadagi chodirlar shaharchasidan fotoreportaj

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga 2 may kuni yetib kelishdi. Shu kunni o‘zidayoq vaqtincha joylashish uchun chodir shaharcha tiklandi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati Xabar.uz’ga ma’lum qildi.

200 ga yaqin harbiy texnikalarga mo‘ljallangan park hozirlandi. Bir necha soatda 2000 kishilik yotoqxona, yuvinish uchun joy, oziq-ovqat omborxonasi va boshqa texnik ta’minot ob’yektlari tayyorlandi. Lager xavfsizligini ta’minlash uchun patrullik yo‘nalishlari tashkil etildi.

Mudofaa vazirligi texnik ta’minot bosh boshqarmasi tomonidan safar vaqtida shaxsiy tarkibning ta’minot holati, moddiy va texnik resurslarni yanada takomillashtirish maqsadida sardobadagi harbiy shaharchalarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirildi. Uyga aylantirilgan texnikadek o‘zida barcha elementlarni jamlagan Markaziy harbiy okrugiga qarashli chodir shaharchasi eng namunali deb topildi.

Реклама на Unews

Hozirgi kunga qadar harbiylar aholi xonadonlarida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlarida jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda. Shu vaqtga qadar okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov tomonidan sardobaliklarga beg‘raz yordam ko‘rsatgan harbiy xizmatchilar ikki marta pul va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bugun suv toshqinidan ko‘ra, mahallalarda hayot o‘z iziga tushayotganini ko‘rish mumkin..

Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari hozirda «Sardoba» suv omboridan birinchi talofat ko‘rgan namunali uylarda tozalash ishlarini olib bormoqda.

Реклама на Unews

Bundan tashqari, harbiy psixologlar talofatdan jabr ko‘rgan oilalarga psixologik ko‘mak bermoqda. Bolalar bilan vaqtinchalik joylashgan maskanda treninglar tashkil etilmoqda.

Bosh prokuratura Kusherbayev haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Tadbirkorlar uchun: Inqiroz vaqtida bajarish kerak bo‘lgan 4 narsa

Putin har bir farzand uchun 10 ming rubl to‘lov va’da qildi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий