Putin har bir farzand uchun 10 ming rubl to‘lov va’da qildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Pandemiya paytida Rossiya fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar doirasida har bir bola uchun bir martalik to‘lovlar ajratiladi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi,   deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Yordam puli 3 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan har bir bola uchun 10 ming rublni tashkil qiladi. Arizani 12 maydan boshlab topshirilishi mumkinligi ta’kidlangan. Uch yoshga to‘lmagan bolalari bo‘lgan oilalar uchun uch oy davomida besh ming rubl miqdorida to‘lovlar taqdim etiladi.

Prezident, shuningdek, ishsizlar uchun bolalarni parvarish qilish nafaqasi miqdori ikki baravar ko‘paytirilishini ma’lum qilgan.

Реклама на Unews

“Ishlamaydigan fuqarolar, shu jumladan talabalar ham bunday imtiyozga ega bo‘ladilar. Odatda, ular yosh ota-onalar hisoblanadi. Ularni qo‘llab-quvvatlash juda muhim“, deydi Putin.

Putin bunday to‘lovlar joriy yil boshidan hisoblab chiqilganini ta’kidladi.

“Shunday qilib, iyun oyida ariza topshirgan oila yilning birinchi yarmi uchun bir bola uchun o‘rtacha 33 ming rubl miqdorida bir martalik to‘lovni oladi. Kelgusida bunday oila har oy bolaga 5,5 ming rubldan qabul qiladi“, deyadi davlat rahbari.

Реклама на Unews

Olimlar koronavirus bilan kasallanganlarning tanasida g‘ayritabiiy o‘zgarishlarni topishdi

Xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish bo‘yicha charter reyslar jadvali ma’lum qilindi​

Tezkor! Putinning matbuot kotibi koronavirusga chalindi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий