Qashqadaryoda tarvuz pishdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Chiroqchi tumanida tarvuz yetishtiruvchi dehqonlar 2020 yil 7 ta davlatga 100 ming tonna tarvuz eksport qiladi. Bu haqda «Nasafnews» Chiroqchi tuman hokimligi axborot xizmatiga asosan xabar berdi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Xabarga ko‘ra, ayrim dehqonlar tomonidan yetishtirilgan tarvuzlar pishib, yirik savdo markazlariga  yetkazib berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020 yil 385 ta fermer xo‘jaligi va 591 ta tomorqa egalari 14 ming gektar maydonda tarvuz yetishtirmoqda. Shundan 5 ming gektardan ortiq maydonga ekilgan ertapishar tarvuz 10 maydan boshlab sotuvga chiqadi.

Реклама на Unews

Dehqonlar yetishtirgan tarvuz Rossiya, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ukraina, Belarus kabi 7 ta davlatga eksport qilinadi. Dehqonlarimiz o‘tgan yili 25 ming tonna tarvuz eksport qilgan bo‘lsa, bu yil 100 ming tonna tarvuz sotishni reja qilishgan.

Kuni kecha Chiroqchi tumanining «Utmayli» mahalla fuqarolar yig‘inida tarvuz yetishtiruvchi dehqonlar va eksportyorlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida o‘tgan ochiq muloqotda respublikamizning turli viloyatlaridan Chiroqchiga kelgan eksportyorlar Chiroqchida yetishtirilgan tarvuz-qovun va poliz ekini mahsulotlarini dunyo bozorlariga olib chiqishni, xorij bozorlarida O‘zbekistonda yetishtirilgan poliz ekini mahsulotlariga talab yuqoriligini  aytib o‘tishdi.

Koronavirusni yuqtirganlar soni Moskvada 100 mingga yaqinlashdi

Реклама на Unews

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti bilan toshqin va pandemiyani muhokama qildi

Asal Honey nomi bilan tanilgan ayolni skotchlab, unga jiddiy jarohat yetkazgan shaxs ushlandi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий