Asal Honey nomi bilan tanilgan ayolni skotchlab, unga jiddiy jarohat yetkazgan shaxs ushlandi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

IIV Axborot xizmati xabariga ko‘ra, 5 may kuni soat 20:15 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, 2-sonli IIBning navbatchilik qismiga fuqaro D.P. murojaat qilib, Mirzo Ulug‘bek tumani, S-1 mavzesida yashovchi A.X. xonadonidan shubhali shovqin-suronli ovozlar eshitilayotganligi haqida xabar bergan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Yuqoridagi holat yuzasidan zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 1-batalyon, 1-otryadi xodimlari safdorlar SH.Toxirov va S.Komolovlar jabrlangan fuqaro yashovchi uyning kirish-chiqish yo‘lagidan yugurib chiqib, xodimlarni ko‘rib voqea joyidan yashirinishga harakat qilgan shaxsni ushlaganlar.

Tuman 2-sonli IIB Jinoyat qidiruv bo‘limida uning shaxsiga oydinlik kiritilganda, u Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Peshqadam ko‘chasida yashovchi YA.A. ekanligi hamda muqaddam Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlangan.

Реклама на Unews

Xodimlar yuqorida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha uyga kirishganda, u yerda yashovchi X.M. og‘zi, qo‘li va oyoqlari skotch bilan bog‘langan holda tanasi va yuzidagi turli jarohatlar bilan topilgan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Nyu-Yorkda Covid-19 bemorlarining 66 foizi uyida o‘tirganlar bo‘lib chiqdi

Matematika sohasida sovrini 50 ming dollar bo‘lgan xalqaro mukofot ta’sis etildi – Prezident qarori

Реклама на Unews

Alisher Usmonov prezidentimizga maktub yo‘lladi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий