Nyu-Yorkda Covid-19 bemorlarining 66 foizi uyida o‘tirganlar bo‘lib chiqdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

AQShning Nyu-York shtatida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq yangi holatlarning yarmidan ko‘pi o‘z uyida izolyasiyada o‘tirganlardan chiqqan. Bu haqda shtat gubernatori Endryu Kuomo yaqinda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, , deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Shtat rahbariyati mahalliy shifoxonalardagi tojdor virus bilan og‘rigan ming nafar bemor kasallik tarixini tahlil qilishganda, kutilmagan xulosaga kelishdi. Bemorlarning yarmidan ko‘pi oxirgi vaqtlarini o‘z uylarida izolyasiyada o‘tkazgani aniqlangan. 

“Agar e’tibor bersangiz, bemorlarning 18 foizi qariyalar uyidan, 1 foizidan kamrog‘i qamoqxonalardan, 2 foizi uysizlardan, 2 foizi boshqa jamoalardan bo‘lsa-da, ammo 66 foizi uyida o‘tirgan odamlardir, bu bizni shokka tushirmoqda. Bu o‘ziga xos “syurpriz“ bo‘ldi: bu odamlarning ko‘pchiligi uyida o‘tirgan bo‘lib chiqyapti. Biz ular balki jamoatchilik transportida yurgandir deb o‘yladik va jamoatchilik transportida alohida ehtiyot choralarini ko‘rdik. Lekin aslida bu ham sabab emas ekan. Chunki bu insonlar deyarli uyidan tashqariga chiqishmagan“, — dedi Kuomo. 

Реклама на Unews

Boz ustiga, kasallanish bilan bog‘liq holatlarning 84 foizi na jamoatchilik transportidan foydalanish, na ko‘chada sayr qilish bilan bog‘liq. Ularning aksariyati pensiyaga chiqqan yoki ishsizlardir. 

Qayd etish joiz, Nyu-York shtati AQSh bo‘yicha koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekayotgan hududlardan biridir. U yerda infeksiyaga chalinganlar soni 319 mingdan oshib ketgan, vafot etganlar 27 ming nafarga yetgan. Aprel oyida shtatda aholini ommaviy testdan o‘tkazish natijasida ularning har besh nafaridan birida COVID-19ga nisbatan antitanachalar borligi aniqlan.

Matematika sohasida sovrini 50 ming dollar bo‘lgan xalqaro mukofot ta’sis etildi – Prezident qarori

Реклама на Unews

Alisher Usmonov prezidentimizga maktub yo‘lladi

Konor Makgregorning navbatdagi jangi qachon bo‘lishi ma’lum qilindi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий