Konor Makgregorning navbatdagi jangi qachon bo‘lishi ma’lum qilindi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Irlandiyalik aralash yakkakurash jangchisi Konor Makgregorning menejeri  Odi Attar mijozining rejalari bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, UFC’ning yengil va yarim og‘ir vazn toifasidagi sobiq chempioni 2020 yil iyul oyida oktagonga qaytishi mumkin. Bu haqida  "Qalampir.uz" nashri xabar bermoqda.

Yakuniy qaror 9, 13 va 16 may kunlari bo‘lib o‘tadigan uchta turnirni ilgari surish natijalari bo‘yicha qabul qilinadi. Musobaqalar Florida shtatining Jeksonvill shahrida COVID-19 koronavirus pandemiyasi paytida xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda tomshabinlarsiz o‘tkaziladi.

“Garchi Konor odamlar bilan to‘la tribunada jang qilishni xohlasada, uning bo‘sh maydondagi jangi uyda o‘tirgan odamlar uchun nimani anglatishini tushunadi. U vaziyatni tahlil qildi va UFC ushbu tadbirlarni sportchilar xavfsizligini ta’minlash va ularning sog‘lig‘ini saqlash nuqtai nazaridan amalga oshirayotganini anglab turibdi”, deya ta’kidlagan Odi Attar .

Реклама на Unews

Konor Makgregor MMAdagi faoliyati davomida 26 ta jang o‘tkazib, 22 ta g‘alaba qozongan. Uning so‘nggi jangi joriy yilning yanvar oyida UFC 246 musobaqasida o‘tkazildi. Irlandiyalik o‘sha jangda amerikalik Donald Serroneni nokautga uchratgan edi.

COVID-19 qarshi vaksinani mutasiyaga moslashning imkoni bor

Aprel oyida dollar kursi nega keskin ko‘tarildi?

Реклама на Unews

O‘zbekistonda ertaga yomg‘ir va kuchli shamol kutilmoqda

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий