Yil oxiriga qadar o`zbekistonlik migrantlar uchun Rossiyaga charter poezdlar yo`lga qo`yilishi kutilmoqda

Sputnik O`zbekistonning xabar berishicha, bu haqda Rossiya Qurilish vazirligi rahbari o`rinbosari Nikita Stasishin Vladivostokdagi Sharqiy iqtisodiy forumda ma`lum qilgan.

Uning so`zlariga ko`ra, bu masalani O`zbekiston hukumati bilan muhokama qilish rejalashtirilgan. Migrantlar Rossiyadagi qurilish ishlariga jalb qilinadi.

“Tez orada O`zbekistonga safar tashkillashtiramiz. Biz pilot rejimda saralab olib, emlash va O`zbekistondagi mehnat migrantlari bilan bog`liq hamma narsani tashkillashtirishni rejalashtiryapmiz. Bu bizga mehnat migrantlarini poezdlarda xavfsiz, Qozog`iston hududi orqali tashkillashtirilgan holda olib kelish imkonini beradi”, - degan Stasishin.

Реклама на Unews

Rossiyalik amaldor yil oxiriga qadar bu jarayon to`liq yo`lga qo`yilishiga umid qilinayotganini qo`shimcha qilgan.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring