BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Yana maktab sababchimi? Norvegiyada o‘smirlar orasida koronavirusga chalinganlar soni ko‘paymoqda

Norvegiya bosh vaziri Erna Sulberg juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida oxirgi paytlarda 13-19 yoshlardagi o‘smirlar orasida koronavirusga chalinganlar soni ko‘payayotganidan xavotirga tushganini bildirdi, deya xabar berdi NRK teleradiokompaniyasi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

O‘tgan bir kecha-kunduzda Norvegiyada 710 ta koronavirus holati qayd etildi. Bu pandemiya boshlangandan beri kunlik rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Eng ko‘p kasallanishlar holati Oslo, Drammen va Bergenda kuzatilgan.

«Kasallanish, ayniqsa, 13-19 yoshlardagi odamlar orasida ko‘paygan», — deya ma’lum qildi telekompaniya.

«Shuni ta’kidlash kerakki, o‘smirlar ham o‘zlarini ehtiyot qilishlari kerak. Biz keksa avlod va boshqa zaif guruhlarga ko‘proq g‘amho‘rlik qilyapmiz», — dedi Sulberg.

Uning ta’kidlashicha, eng ko‘p kasallanishlar soni katta yoshdagi o‘smirlar orasida kuzatilmoqda.

Norvegiyadagi ayrim kommunalar maktablarni yopishni va bolalar bog‘chasidagi ish vaqtini kamaytirishni afzal ko‘rishdi. Biroq butun mamlakat bo‘ylab bunday chora ko‘rilmadi.

O‘tgan hafta Sulberg Norvegiya aholisiga uyda qolish va ijtimoiy aloqani cheklashni so‘rab murojaat qildi. Mamlakatda bir qator qat’iy cheklovlar joriy etilgan.

«Kecha tinch paytda tarixda eng qat’iy cheklovlarni joriy etganimizga sakkiz oy bo‘ldi. Men buning qiyin ekanligini tushunaman, biroq hammani bo‘sh kelmaslikka chaqiraman. Biz birgalikda hamma to‘siqlarni yengib o‘tolamiz», — dedi bosh vazir.

Sog‘liqni saqlash vaziri Bent Xyoye olti hafta qolgan rojdestvo bayramlarini o‘tkazish davrida ham cheklovlar saqlanib qolishi mumkinligidan ogohlantirdi.

«Umid qilamizki, ko‘rilgan choralar o‘sha vaqtgacha o‘z samarasini beradi», — dedi u.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Fikr qoldiring