Yana bir mamlakatda koronavirusning «afrikancha» va «braziliyacha» shtammlari aniqlandi

Hindistonda koronavirusning Janubiy Afrika va Braziliyada paydo bo‘lgan shtammlari aniqlandi. Endilikda ushbu mamlakatlardan kelgan fuqarolar qat’iy testdan o‘tadi. Bu haqda Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Vazirlik vakillarining aytishicha, koronavirusning «afrikancha» shtammi yanvar oyida to‘rt kishida qayd etilgan. Fevral oyida esa bir kishida «braziliyacha» shtamm aniqlangan.

Hindiston hukumati hozirda Buyuk Britaniyadan kelganlar singari Braziliya va Janubiy Afrikadan tashrif buyuruvchilarning barchasi uchun majburiy PZR testlarini joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bugungi kunga qadar Hindistonda «britancha» shtammga chalinish bo‘yicha 187 ta holat qayd etilgan.

Реклама на Unews

«Janubiy Afrika yoki Braziliyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar mavjud emas, shuning uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi va Fuqaro aviasiyasi vazirligi bu borada ko‘riladigan choralarni muhokama qilmoqda», — dedi sog‘liqni saqlash vaziri Rajesh Bxushan.

Hindistonda pandemiya boshlanganidan beri 10,93 million kishi koronavirus bilan kasallangan. Mamlakat infeksiyaga chalinganlar sonining ko‘pligi bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring