Xitoyda vaksina qabul qilgandan keyin ham niqob taqish tavsiya etildi

Odamlar koronavirusga qarshi emlanganidan keyin ham shaxsiy himoya choralarini ko‘rib, niqob taqishlari kerak. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi rahbarining o‘rinbosari Szen Isin ma’lum qildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Shuningdek, Isin niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash va qo‘l yuvishni tavsiya qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, har qanday emlash ham 100% samarali bo‘lmaydi. 

“Biz ommaviy immunitetni o‘rnatmasdan oldin, odamlar xavfsizligi uchun epidemiyaning oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha qat’iy choralarni ko‘rishimiz kerak”, deya qo‘shimcha qildi u.

Реклама на Unews

Ma’lum qilinishicha, Xitoy o‘zining Ad5-nCoV deb nomlangan COVID-19 vaksinasini ham ishlab chiqaradi. CanSino Biologics kompaniyasi va Harbiy Tibbiyot fanlari akademiyasining Bioinjiniring tadqiqotlari instituti bu borada ish olib bormoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring