Xitoy “Tolibon”dan sanksiyalarni olib tashlashga chaqirdi

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I AQSh va G‘arb davlatlarini “Tolibon”ga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda u Qatar poytaxti Dohada “Tolibon” harakati vakili Abdul G‘ani Barodar bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.

“Xitoy hozirda Afg‘oniston duch kelayotgan gumanitar qiyinchiliklarga katta ahamiyat beradi hamda Qo‘shma Shtatlar va G‘arb davlatlarini sanksiyalarni bekor qilishga undaydi”, – dedi Van I. Uning fikricha, barcha tomonlar “Tolibon” harakati bilan oqilona va pragmatik munosabatda bo‘lib, Afg‘onistonning qulay rivojlanish yo‘liga kirishiga yordam berishi zarur.

“Xitoy afg‘on xalqiga o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirishga, afg‘on xalqiga vaqtinchalik qiyinchiliklarni yengib o‘tishi, iqtisodiy jihatdan tiklanishi va o‘zini-o‘zi rivojlantirishiga ko‘maklashish uchun xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilishga tayyor”, – deya ta’kidladi Xitoy Tashqi ishlar vaziri.

Реклама на Unews

Uning aytishicha, Xitoy tomoni hech qachon Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashmagan, hech qachon shaxsiy manfaat va ta’sir doirasi uchun harakat qilmagan. Vazirga ko‘ra, Afg‘oniston hozirda duch kelayotgan qiyinchiliklarni yengish xalqaro hamjamiyatdan yanada ko‘proq yordam va tushunishni talab qiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring