Xitoy "koronavirusning haqiqiy vatani"ni aytdi

Hozirda butun dunyoga tarqalgan koronavirus infeksiyasi Hindistonda o‘tgan yozning boshlarida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin ekan. Kasallik genezisining ushbu taxmini Xitoy Fanlar akademiyasining bir guruh tadqiqotchilari tomonidan ilgari surilgan,deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Olimlarning ta’kidlashicha, haddan tashqari issiq  ob-havo tufayli mamlakat aholisi hayvonlar bilan bir o‘zandan suv ichishga majbur, bu esa odamning koronavirus yuqtirishiga olib kelgan. Mutaxassislar ushbu versiya ba’zi ma’lumotlar, ya’ni COVID-19 mutasiyasini hisobga olgan holda filogenetik tahlillar natijasida tasdiqlanganini aytmoqda.

Evropa ilmiy jamoatchiligi ushbu fikrga shubha bilan qarayayapti, deb yozadi Daily Mail. Shunday qilib, Glazgo universiteti xitoylik olimlarni tarafkashlikda va Uxan shahrida kasallikning boshlanishini aniq ko‘rsatadigan ko‘plab epidemiologik ma’lumotlarni hisobga olmaganlikda aybladi.

Реклама на Unews

Avvalroq Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi aholida koronavirusga qarshi immunitet paydo bo‘lishi uchun emlash kerakligi, bu hatto koronavirusga chalingan odamlarga ham kerak bo‘lishi mumkinligini bildirgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring