Xitoy Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natdi

Xitoy poyezd orqali Afg‘onistonga 1000 tonnadan ortiq zaruriy buyumlar va boshqa birlamchi mahsulotlardan iborat yordam jo‘natdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, poyezd joriy yilning 20 noyabr kuni XXRning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi Xorgos shahridan Afg‘onistonga yo‘l olgan. 

50 ta yuk konteynerini olib ketayotgan poyezd taxminan 12 kunda belgilangan manzilga yetib borishi kerak. Agentlik xabariga ko‘ra, muhtoj afg‘onlar sovuq havoda issiq kiyim, poyabzal, ko‘rpa-to‘shak, non va choy bilan ta’minlanadi. 

Реклама на Unews

Hozirgacha Shinjondan Afg‘onistonga uchta poyezd jo‘natilgan. Mamlakatga jami 2,6 ming tonna Xitoy gumanitar yordami yetib kelgan. 

Avvalroq, Rossiya Qobul aeroportiga gumanitar yuklarni yetkazgandi.  

Afg‘onistondagi vaziyat 

Реклама на Unews

AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Bunga qadar Yevropaning boshqa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniya ham mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring