“Uyat emasmi?” Mashhur boshlovchi qora ikra sabab tanqidlar ostida qoldi!

Rossiyalik teleboshlovchi Lera Kudryavseva muxlislarning g‘azabini qo‘zg‘atdi.

Bunga esa taniqli teleboshlovchining sahifasida e’lon qilgan surati sabab bo‘ldi. Suratda Lera qora ikra bilan tasvirlangan.

Surat Kudryavsevaning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida paydo bo‘lgan. Reklama yozuvi ostida ushbu suratni sahifasiga joylashtirgan boshlovchi uning tanaga foydalari haqida gapirgan.

Реклама на Unews

Shuning bilan birga pandemiya sabab dengiz bo‘yida dam ololmasligini ta’kidlagan mashhur endilikda ko‘proq qora ikra yeyishini aytgan. Bu esa muxlislarning hammasi ham yoqmagan.

"Uyalmaysizmi? Odamlar hozir bir tiyinini ham hisoblashmoqda, siz esa boyligingiz bilan maqtanyapsiz!", deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

Реклама на Unews

Ko‘pchilik esa boylikni maqtanish kerak emasligini, vaholanki, ruslarning aksariyati juda kamtarona hayot kechirishini, shu bois ularning taniqli teleboshlovchi kabi yashashga qodir emasligini ta’kidlagan.

Boshlovchi ushbu so‘zlarga izoh bermagan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring