"Ukrainadagi harbiy operasiya davomida Rossiya Xitoyning harbiy yordamiga muhtoj emas" - Xitoy TIV vaziri

Rossiya Ukrainadagi vaziyatni o‘zi yengishga qodir va Xitoydan harbiy yordamga muhtoj emas. Bu haqda 24 fevral, payshanba kuni Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin ma’lum qildi, deya xabar beradi «TASS».

«Rossiya qudratli buyuk davlat. U Xitoy yoki boshqa davlatlarning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj emas», — dedi u brifingda g‘arblik jurnalistning Ukrainadagi vaziyat fonida Pekin Moskvaga harbiy yordam beryaptimi, degan savoliga javob berar ekan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring