Ukrainada harbiy holat joriy etildi

Sal avval Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (MXMK) Donesk va Lugansk viloyatlaridan tashqari butun mamlakat bo`ylab favqulodda holat joriy etishga qaror qilgan edi.

Ayni paytda Ukraina prezidenti Zelenskiy butun mamlakat bo`ylab harbiy holat e`lon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi. 

Danilovning so`zlariga ko`ra, favqulodda holat 30 kunga joriy qilinadi, zarurat tug`ilsa, Ukraina prezidenti uni yana 30 kunga uzaytirishi mumkin.

Реклама на Unews

Favqulodda holat sharoitida jamoat tartibi kuchaytirilishi va transport harakati cheklanishi mumkin, dedi Danilov. Uning so`zlariga ko`ra, komendantlik soati ayrim hududlarda faqat zarurat tug`ilganda – Rossiya tomonidan tajovuz kuchaygan taqdirda joriy etiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring