Ukrainada harbiy holat e`lon qilingandan Kievdagi aeroportning egallanishigacha — Ukraina voqealaridan video va fotoreportaj

Avval xabar berganimizdek, bugun, 24 fevral kuni tongda Ukrainada harbiy holat e`lon qilindi. Rossiya mudofaa vazirligi Ukraina PVO tizimi, harbiy aerodromlar va harbiy aviasiyasi "yuqori aniqlik"da yo`q qilinayotgani, aholi hayotiga xavf tug`dirilmasligi haqida ma`lum qildi.

Vladimir Putin esa hujumni boshlash haqida videomurojaat yo`lladi. Video tarqalgach, Ukraina ma`murlari aholini panika qilmaslikka, uyda qolishga chaqirdi.

Yuzaga kelgan favqulodda vaziyat oqibatida ijtimoiy tarmoqlarda feyk xabarlar haddan tashqari ko`p tarqamoqda, Ukraina harbiy ob`ektlariga hujumlar davom etmoqda. Kunning birinchi yarmida Kievda PVO signali ishga tushdi, Rossiya va Qozog`iston birjalarida savdo bo`lmayapti, rubl qulashda davom etmoqda, g`arb qat`iy sanksiyalarga tayyorgarlik ko`rmoqda.

Реклама на Unews

Voyna na Ukraine: chto izvestno o vtorjenii Rossii

Ukrainada urush quruqlikda ham davom etmoqda. Luganskda ikkita qishloq separatist respublika qo`liga o`tgan, Ukraina tarafi Rossiya harbiy samolyot va uchoqlari urib tushirilganini ma`lum qilgan. Rossiya tarafi Ukraina chegarada hech qanday qarshilik ko`rsatmayotganini bildirgan. Kievda metroga kirish tekin qilingan, metro bombadan himoyalanish inshootiga aylangan.

U Putina zayavili, chto v Ukraine ''vot vot mojet vozobnovitsya voyna'' |  Ukrainskaya pravda

Havo hujumlari ortidan og`ir artilleriya Ukraina hududiga hujum qilmoqda, buni tanklar va boshqa qurol-yarog` ortgan harbiy texnikalar harakatidan ham bilish mumkin. Ukraina tarafining aytishicha, mamlakatning 17 ta hududida portlashlar, o`q otishlar ovozi kuzatilmoqda. Vladimir Zelenskiy har soatda aholiga murojaat qilib borishini ta`kidladi. U, shuningdek, javob zarbalarini berishga buyruq bergan. 

Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi. Rossiya Gitler Germaniyasi kabi erta tongda hujum qildi, deya ta`kidladi — Ukraina prezidenti Zelenskiy.

Реклама на Unews

Ukraina tushga qadar 40 nafar harbiysi halok bo`lganini rasman tasdiqladi.

Voynu na Ukraine mogut ostanovit tolko ukrains

Rossiya qo`shinlarining Ukrainaga hujumi yana jadallashdi. Kiev va uning atrofiga nafaqat raketa hujumlari uyushtirilmoqda, balki desantlar ham tashlanmoqda. Ukraina yalpi mobilizasiya e`lon qildi. Ukraina axborot agentliklari 20 ga yaqin Rossiya vertolyoti Kiev yaqinidagi Kostomel shahriga hujum qilayotganini ta`kidlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Xerson viloyatidagi Kaxovskaya GESi va Shimoliy Qrim kanali ham ruslarning qo`liga o`tgani aytilmoqda.

Ukraina qurolli kuchlari Rossiya tanklariga qarshi Bayraktar va Javelin qurollarini qo`llayotgani haqida yozishmoqda. Kiev, Xarkovda vaziyat yana jiddiylashmoqda. Shahar aholisi metroda bombadan jon saqlashmoqda.

Ukrainani "qurolsizlantirish va nasistlar"dan tozalash maqsadida boshlangan hujum Kievni imkon qadar o`rab olishga urinishlar bilan davom etmoqda. Havodan hujumda Ukraina zaif bo`lib qolmoqda, ammo desantlarni tushirish, og`ir artilleriyani ishlatish hozircha ruslarga qiyin va talafot bilan bo`lyapti.  

Toshkent vaqti bilan soat 19:00lar atrofida Rossiya harbiy qo`shinlari Kiev aeroportini nazorat ostiga olgani ma`lum qilindi.

Vtorjenie Rossii v Ukrainu. Putin ob`yavil voynu. Glavne novosti – xronika  - novosti Ukrain, Politika - LIGA.net
 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring