Ukrainada 211 harbiy nuqta yaroqsiz holga keltirildi

Ukraina harbiy infratuzilmasiga tegishli falajlangan ob`ektlar soni 211 taga etdi, — deya ma`lum qildi Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov bugun bo`lib o`tgan brifingda.

 Shu mazmundagi xabarni “TASS” tarqatgan.

— Rossiya qurolli kuchlari Ukraina harbiy infratuzilmasining jami 211 harbiy ob`ekti — 17 qo`mondonlik punkti va aloqa markazi, 19 ta S-300, “Osa” zenit-raketa majmuasi, 39 radar stansiyasini yaroqsiz holga keltirdi, — dedi Igor Konashenkov.

Реклама на Unews

RF prezidenti Vladimir Putin 24 fevral kuni ertalab Donbass respublikalari rahbarlari murojaatiga javoban, maxsus harbiy operasiya o`tkazishga qaror qilganini aytgan. Uning so`ziga ko`ra, Moskva rejasida Ukraina hududini bosib olish yo`q.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring