Turkiyada 12 terrorchi qo‘lga olindi, ularning to‘rt nafari o‘zbekistonlik

Turkiyaning Suriya bilan chegarasida 12 nafar ISHID terrorchilari qo‘lga olindi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

“Ularning besh nafari Rossiya, to‘rt nafari O‘zbekiston va uch nafari Qirg‘iziston fuqarolaridir. Ular ISHID a’zolari ekanligi aniqlangan”, - deyilgan xabarda.

Jangarilar o‘tgan yili 31 dekabr kuni Xatay viloyati Reyhanli shahri hududidagi o‘tkazish punktida qo‘lga olingan. Ular turk-suriya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinishgan.

Реклама на Unews

Qo‘lga olinganlarning biri Interpolning qizil ro‘yxatida bo‘lgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring