Trampning koronavirusdan davolanishi 100 ming dollarga tushdi

«The New York Times» jurnalistlari AQSh prezidenti Donald Trampning koronavirusdan davolanishiga ketgan xarajatlarni hisoblab chiqishdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Agarda prezidentning o‘rnida boshqa odam bo‘lganida davolanish kamida 100 ming dollarga tushardi, deb yozishmoqda jurnalistlar. Xarajatlarning katta qismi muolajalarga emas, balki qo‘shimcha xizmatlarga, xususan, vertolyotda keltirish, qayta-qayta testlar olishga ketgan.

Tramp kovidga chalingani 2-oktyabr kuni ma’lum bo‘lgandi. Uning rafiqasi Melaniya Trampda ham kasallik aniqlangan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring