Tramp terrorchilarning sherigimi? AQSh prezidentiga yangi ayblov qo‘yildi

Michigan shtatining demokrat-gubernatori Gretxen Uitmer Prezident Donald Trampni AQShdagi ekstremistik harakatlarning homiysi deb atadi. Bu haqda “Interfaks” xabar tarqatdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Matbuot anjumani paytida u Tramp ekstremistik guruhlar harakatlarini rag‘batlantirayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp "mahalliy terrorchilar bilan uchrashadi va birodarlik qiladi", shu bilan "ularning harakatlarini qonuniylashtirmoqda", bu esa uni ekstremistik harakatlarning sherigiga aylantiradi. Gubernator Trampning siyosatiga Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Baydenning dasturi bilan qarshi chiqdi.

Bundan sal oldinroq, shtatda shtat rahbariyatiga qarshi fitna uyushtirgan va Uitmerni o‘g‘irlashni rejalashtirgan 13 kishi hibsga olingan. Ularning yettitasi Wolverine Watchmen irqchi guruhi bilan bog‘liq. Hibsga olingan guruh a’zolari va ular bilan aloqador shaxslar 19 ta o‘ta og‘ir jinoyatda ayblanmoqdalar.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring