Tolibon Kobuldagi ayollar namoyishini yoritayotgan jurnalistlarga hujum qildi (VIDEO)

Tolibon jangarilari Kobuldagi "ish, non va ta’lim" talab qilgan ayollarning namoyishini yoritayotgan bir necha jurnalistlarga hujum qilishdi, deb xabar bermoqda bir qancha G‘arb matbuoti.

21 oktyabr kuni yigirma nafarga yaqin afg‘on ayollari o‘z huquqlarini himoya qilish uchun ko‘chalarga chiqishdi. Tolibon aralashmasidan oldin, namoyishchilar "ta’limni siyosatlashtirmang" kabi shiorlar aytishgan.

Bir payt Tolibon a’zosi chet ellik fotografni miltiqning uchi bilan urib tepdi. Yana bir jangari jurnalistga musht tushirdi, deya xabar beradi AFP. Xabar agentligiga ko‘ra, namoyishni yoritayotgan kamida ikki jurnalist ham jangarilar hujumiga uchragan.

Реклама на Unews

"Tolibon hech kimni hurmat qilmaydi: na xorijiy, na mahalliy jurnalistlar, na ayollar", - deydi namoyish tashkilotchilaridan biri Zahra Muhammadiy.

Tolibon rasmiylari vaziyatga izoh bermadi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring