BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Til o'rganish qarishni sekinlashtiradimi? U miyaga qanday ta'sir qiladi?

Ma’lumki, doimiy faoliyati bo‘lmagan katta yoshli insonlarning miyasi ertami-kechmi qariy boshlaydi. Ammo olimlar ushbu jarayonning oldini olish uchun nimalar qilishi kerakligini aniqladi. Ularning fikriga ko‘ra, ikki tilning muntazam qo‘llanilishi miyani faol bo‘lishga undaydi va qarishning oldini oladi. 

Xo‘sh, miya nima uchun qariydi? Bu savolning javobi modda almashinuvining buzilishi, umumiy qilib aytganda metabolik sindrom hisoblanadi. Miya qarishi borasida olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, olimlar ingliz va xitoy tilida so‘zlashuvchi 60 yoshdan 84 yoshgacha bo‘lgan keksalarni tanlab olishdi. So‘ngra ulardan bir nechta kompyuterlashtirilgan vazifalarni bajarish talab etildi.

Ishtirokchilarga 4 xil vazifa topshirilgan bo‘lib, ular aynan ikki til bilan bog‘liq edi. Olimlar qariyalarning harakati hamda ma’lumotlarni qayta ishlash tezligini nazorat qilib borishdi. Tahlil natijasiga ko‘ra, kundalik hayotda ikki tildan foydalanish miya faoliyatiga samarali ta’sir qilishi isbotlandi. Dunyo miqyosida olib borilgan tekshiruvlardan xulosa shuki, ikki tilda so‘zlashish miya qarishini kechiktiruvchi omil sanaladi. 

Lekin aksariyat insonlar ikki tildan xabardor bo‘lsa-da, ishda yoki kundalik hayotda faqatgina bittasidan foydalanishadi, ya’ni ikkinchi tilda so‘zlashishga imkon bo‘lmasligi mumkin. Masalan, ko‘pchilik o‘quvchi va talabalik davridayoq til o‘rganishga kirishadi, mukammal egallaydi ham. Ammo o‘rganilgan tilda muntazam suhbatlashib turilmasa, yillar davomida unutilib ketishi mumkin. Bu hodisaga balki o‘zingiz ham guvoh bo‘lgandirsiz.

Yosh o‘tgandan so‘ng til o‘rganish esa biroz qiyinroq. Sababi, xotiraning pasayishi, turli xil xastaliklar, jamiki qarilik alomatlari bunga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shu sababdan yoshlik chog‘ida olingan mustahkam bilimlarni asrab qoling. Qanday qilib deysizmi? Buning yechimi oson, eng avvalo, turli kasalliklar kelib chiqmasligi uchun tanada moddalar almashinuvini me’yorda ushlashga doimo harakat qiling.

Miya qarimasligi borasida esa qo‘llanilmayotgan ikkinchi tilda quyidagi ketma-ketlikni amalga oshirishni kundalik hayotingizga kiritib qo‘ying:

- hujjatli hamda badiiy filmlar tomosha qilish; 

- musiqa tinglash; 

- audiokitoblar tinglash; 

- adabiyotlar o‘qish; 

- vaqti-vaqti bilan shu tilda so‘zlovchilar bilan muloqotda bo‘lish. 

Unutmang, bu topshiriqlarning barchasi aynan, siz biladigan, ammo kam qo‘llanilishi natijasida yodingizdan chiqib borayotgan tilda bo‘lishi kerak. Bu vazifalar miyangiz qarishini kechiktiradi hamda ikkinchi tilni mukammal o‘zlashtirishga imkon yaratadi.

O‘zbekistonlik olimlar SARS-CoV-2 koronavirusi shtammlari genini aniqladilar Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari O‘zbekistondagi bemorlarda aniqlangan SARS-CoV-2 koronavirusining bir nechta shtammlarining DNK ketma-ketligini aniqladilar, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri. — Genotip tahlili (genotiplash) SARS-CoV-2 genomining asosiy qismidagi mutasiyalarni aniqlash uchun muhim vositadir, — deydi Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori o‘rinbosari Alisher Abdullayev. — Ma’lumki, koronavirus o‘zining tarkibiy oqsillarini kodlaydigan genlarga ega. Ushbu tarkibiy oqsillar kelajakda vaksinalarning potensial nishoniga aylanadi. Shuning tarkibiy oqsillarning o‘zgarishiga olib keladigan virusli RNK genlarining nukleotidlar ketma-ketligidagi har qanday o‘zgarishlarni vaksina ishlab chiqishdan avval aniqlab olish juda muhimdir. Bundan tashqari, ma’lum bir turdagi mutasiyaga uchragan shtamm ko‘proq tarqalgan ba’zi mamlakatlarda global vaksinaning samaradorligini bashorat qilish uchun genotiplash ma’lumotlaridan foydalanish mumkin. Shuning uchun ham Ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari tomonidan tizimli genlarning tahlil qilinishi o‘ta muhim sanaladi. —Birinchi bosqichda SARS-CoV-2 koronavirusining muhim tarkibiy geni bo‘lmish – N genning nukleotid ketma-ketligini aniqladik, — davom etadi A.Abdullayev. — Dastlabki tahlil shuni ko‘rsatdiki, nukleotidlar pozisiyalaridagi genlar ketma-ketligi Uxanda aniqlangan koronavirus shtammining referent genomidan farq qiladi. Ma’lumotlarning qiyosiy tahlili esa SARS-CoV-2 koronavirusining ushbu turdagi mutasiyaga ega shtammlari Yevropada ko‘proq uchrashini ko‘rsatdi. Shifrlangan nukleotidlar ketma-ketligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar xalqaro ma’lumotlar bazasi — Milliy biotexnologik axborot markaziga (NCBI) joylashtirilgan. Unda dunyoning turli mamlakatlaridagi turli organizmlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilmiy jamoatchilik uchun ochiq tarzda saqlanadi. Kelgusida Ilg‘or texnologiyalar markazining olimlari virus yuqtirgan bemorlardan to‘plangan katta miqdordagi biologik materiallarni tahlil qilishni rejalashtirmoqdalar. Mazkur tahlil va uning natijalari O‘zbekistonda koronavirus shtammlarining tarqalishi darajasi, mazkur shtammlarning kasallikka chalintirish va o‘lim holatiga olib kelish xususiyatlari va patogenligi to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash imkonini beradi. AQSh olimlari COVID-19 vaksinasini odamlarda muvaffaqiyatli sinovdan o'tganligini e'lon qildi! Xitoy Rossiya bilan chegarada 108 million fuqarosini karantinga oldi 19 may soat 6:00: O`zbekistonda epidemiologik vaziyatga oid so`nggi yangiliklar Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!
Koronavirusning eng xavfli jihati ma’lum qilindi! Yangi turdagi koronavirus SARS-CoV-2’ning eng xavfli jihati uning yuqori darajada yuquvchanligi hisoblanadi. Bu haqda xitoylik virusolog, professor Chjun Nanshan ma’lum qildi, deb xabar berdi “Xuansyuvan” portali. Professorning ta’kidlashicha, SARS-CoV-2 mavsumiy gripp, ORVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya) yoki MERS koronavirusidan tezroq va osonroq yuqadi. Shu sababli bu infeksiyaga qarshi kurashish uchun 4 ta komponent: erta himoya, infeksiyani erta aniqlash, erta tashxis va erta izolyatsiya zarur. Erta himoya ostida niqob va qo‘lqoplar taqib yurish, qo‘llarni tez-tez yuvish va ijtimoiy masofaga rioya qilish ko‘zda tutiladi. Bu choralar insonni himoyalaydi, chunki koronavirus bevosita aloqalar yoki yuzalar orqali yuqadi. Koronavirusni erta aniqlash uchun gavjum joylarda tana haroratini o‘lchash zarur. Shuningdek, shubhali alomatlar paydo bo‘lganda darhol shifokorlarga murojaat qilish kerak. Bunday alomatlarga o‘zini yomon his qilish, tana harorati ko‘tarilishi, quruq yo‘tal va noodatiy toliqish kiradi. Erta tashxis shifoxonalarda koronavirusga chalinganlarni boshqa bemorlar bilan aralashtirib yubormaslik imkonini beradi. Mutaxassisning aytishicha, buning uchun ambulator sharoitlarda ko‘rik o‘tkazish lozim. O‘z navbatida, erta izolyatsiyalash kasallangan odamning sog‘lom odamlar bilan aloqalarini minimallashtiradi. Avvalroq amerikalik olimlar SARS-CoV-2’ning o‘ta yuquvchanligi sababini aniqlashganini ma’lum qilishgandi. Ularning ta’kidlashicha, yangi turdagi koronavirus boshqa koronaviruslar: atipik zotiljam keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-1 va inson uchun xavfsiz HCoV-HKU1’ning genomlarini o‘zida mujassamlagan. Atipik zotiljam virusi uncha yuqumli bo‘lmay, biroq undan o‘lish darajasi yuqori. HCoV-HKU1, aksincha, o‘ta yuqumli bo‘lib, biroq deyarli bezarar hisoblanadi.

Fikr qoldiring