Til o'rganish qarishni sekinlashtiradimi? U miyaga qanday ta'sir qiladi?

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Ma’lumki, doimiy faoliyati bo‘lmagan katta yoshli insonlarning miyasi ertami-kechmi qariy boshlaydi. Ammo olimlar ushbu jarayonning oldini olish uchun nimalar qilishi kerakligini aniqladi. Ularning fikriga ko‘ra, ikki tilning muntazam qo‘llanilishi miyani faol bo‘lishga undaydi va qarishning oldini oladi. 

Xo‘sh, miya nima uchun qariydi? Bu savolning javobi modda almashinuvining buzilishi, umumiy qilib aytganda metabolik sindrom hisoblanadi. Miya qarishi borasida olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, olimlar ingliz va xitoy tilida so‘zlashuvchi 60 yoshdan 84 yoshgacha bo‘lgan keksalarni tanlab olishdi. So‘ngra ulardan bir nechta kompyuterlashtirilgan vazifalarni bajarish talab etildi.

Ishtirokchilarga 4 xil vazifa topshirilgan bo‘lib, ular aynan ikki til bilan bog‘liq edi. Olimlar qariyalarning harakati hamda ma’lumotlarni qayta ishlash tezligini nazorat qilib borishdi. Tahlil natijasiga ko‘ra, kundalik hayotda ikki tildan foydalanish miya faoliyatiga samarali ta’sir qilishi isbotlandi. Dunyo miqyosida olib borilgan tekshiruvlardan xulosa shuki, ikki tilda so‘zlashish miya qarishini kechiktiruvchi omil sanaladi. 

Реклама на Unews

Lekin aksariyat insonlar ikki tildan xabardor bo‘lsa-da, ishda yoki kundalik hayotda faqatgina bittasidan foydalanishadi, ya’ni ikkinchi tilda so‘zlashishga imkon bo‘lmasligi mumkin. Masalan, ko‘pchilik o‘quvchi va talabalik davridayoq til o‘rganishga kirishadi, mukammal egallaydi ham. Ammo o‘rganilgan tilda muntazam suhbatlashib turilmasa, yillar davomida unutilib ketishi mumkin. Bu hodisaga balki o‘zingiz ham guvoh bo‘lgandirsiz.

Yosh o‘tgandan so‘ng til o‘rganish esa biroz qiyinroq. Sababi, xotiraning pasayishi, turli xil xastaliklar, jamiki qarilik alomatlari bunga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shu sababdan yoshlik chog‘ida olingan mustahkam bilimlarni asrab qoling. Qanday qilib deysizmi? Buning yechimi oson, eng avvalo, turli kasalliklar kelib chiqmasligi uchun tanada moddalar almashinuvini me’yorda ushlashga doimo harakat qiling.

Miya qarimasligi borasida esa qo‘llanilmayotgan ikkinchi tilda quyidagi ketma-ketlikni amalga oshirishni kundalik hayotingizga kiritib qo‘ying:

Реклама на Unews

- hujjatli hamda badiiy filmlar tomosha qilish; 

- musiqa tinglash; 

- audiokitoblar tinglash; 

- adabiyotlar o‘qish; 

- vaqti-vaqti bilan shu tilda so‘zlovchilar bilan muloqotda bo‘lish. 

Unutmang, bu topshiriqlarning barchasi aynan, siz biladigan, ammo kam qo‘llanilishi natijasida yodingizdan chiqib borayotgan tilda bo‘lishi kerak. Bu vazifalar miyangiz qarishini kechiktiradi hamda ikkinchi tilni mukammal o‘zlashtirishga imkon yaratadi.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий