Sport va umumta`lim maktablariga 100 milliard so`mlik sport jihozlari taqdim etiladi

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi davlatimiz Prezident Shavkat Mirziyoevning O`zbekiston Parlamenti va xalqiga yo`llagan Murojaatnomasiga bag`ishlandi. Sessiyada ishtirok etgan Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev spikerlarning savollariga javob qaytardi.

- Hozirgi kunda mamlakatimizda qariyb 19% aholi jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb qilingan. Ushbu ko`rsatkichni 2021 yil yakuniga qadar

25 foizga etkazishga harakat qilamiz. Ya`ni, mamlakatimizning 8,6 mln aholisi sportga jalb qilinadi. Bu natijaga aholi orasida jismoniy tayyorgarlik darajasi sinovlarini yo`lga qo`ygan holda erishmoqchimiz.

Реклама на Unews

Bundan tashqari, bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda har bir hududni har oyda sportning ma`lum bir turiga, ya`ni aholi orasida keng ommalashgan badminton, stol tennisi, voleybol, basketbol, mini-futbol hamda shashka-shaxmat kabi turlariga ixtisoslashtiramiz. Misol uchun, yanvar oyida Qoraqalpog`iston Respublikasi voleybol sport turiga ixtisoslashadi. Har bir tuman, shahar va chekka hududlarda ham ushbu sport turi bo`yicha musobaqalar tashkil etiladi. Bunda mahallalarda g`olib bo`lgan jamoalar ikkinchi bosqichga yo`llanmani qo`lga kiritadi va shu tarzda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Oldimizda turgan eng muhim vazifalardan yana biri – 70ta jismoniy tarbiya va sport ta`limi muassasalari, 16 mingta maktabgacha ta`lim muassasasi hamda umumta`lim maktablari sport jihozlari bilan ta`minlanadi. Vazirlik tizimidagi sport ta`lim muassasalariga 38 mlrd. so`mlik jihozlar etkazib berilsa, maktabgacha ta`lim, umumta`lim maktablariga esa 62 mlrd. so`mlik sport inventarlari taqdim etiladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring