Sohibjamol turk aktrisalarining pardozsiz ko‘rinishi (FOTO)

Turkiyaning "TV Gazeta" nashri mashhur aktrisalarning makiyajsiz, pardozsiz suratlari to‘plamini taqdim etdi. Rasmlar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p munozaralarga sabab bo‘ldi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Berrak Tyuzunatach kundalik hayotda kosmetik vositalarni suiiste’mol qilmaslikka harakat qiladi, shuning uchun uning bo‘yangan va pardozsiz ko‘rinishi unchalik farq qilmaydi. Berrak Tyuzunatach "Muhtasham yuz yil" serialidagi Mehriniso obrazi orqali kutilmagan mashhurlikka erishgan. Berrak, shuningdek, teleboshlovchi va model sifatida ham ishlagan.

Sohibjamol turk aktrisalarining pardozsiz ko‘rinishi (FOTO)

Реклама на Unews

Demet Ozdemir – turk aktrisasi va raqqosasi, bir qator filmlar hamda "Qulupnay hidi" va "Uy" loyihalaridagi ishlari bilan tanilgan.

Sohibjamol turk aktrisalarining pardozsiz ko‘rinishi (FOTO)

Burju Birijik – mashhur turk aktrisasi, o‘zbek tomoshabinlariga "Muhtasham yuz yil" teleserialidagi roli orqali yaxshi tanish. Aktrisa "Eng yaxshi xalqaro aktrisa" unvonining g‘olibi, Manxaym kinofestivali laureati va bir nechta kitoblar muallifidir.

Sohibjamol turk aktrisalarining pardozsiz ko‘rinishi (FOTO)

Реклама на Unews

Beren Saat – "Taqiqlangan sevgi" filmida rol o‘ynaganidan keyin xalqaro miqyosda tan olingan turk aktrisasi. "Karkidonlar fasli" tarixiy dramasida Beren italiyalik yulduz Monika Belluchchi bilan rol o‘ynagan..

Sohibjamol turk aktrisalarining pardozsiz ko‘rinishi (FOTO)

Asli Enver – taniqli turk aktrisasi.

Sohibjamol turk aktrisalarining pardozsiz ko‘rinishi (FOTO)

Farax Zeynep Abdulla  1989 yil 17 avgustda Istanbulda eronlik turkman Ummon Abdulla va turk ayol Gulay Abdulloh oilasida tug‘ilgan. 2010 yilda Abdulla o‘zining televizion debyutini Zeynep Gunay rejissyorlik qilgan "Bahosiz vaqt" teleserialida boshlagan.

Sohibjamol turk aktrisalarining pardozsiz ko‘rinishi (FOTO)

Xande Erchel hozirda ham Turkiyada, ham chet elda mashhurlikning eng yuqori cho‘qqisida. 2018 va 2020 yillarda ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra aktrisa dunyodagi eng go‘zal ayol deb topildi.

Sohibjamol turk aktrisalarining pardozsiz ko‘rinishi (FOTO)

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring