Singapurda bemorga yanglishib besh dozada koronavirusga qarshi vaksina berildi

Singapurdagi Milliy oftalmologiya markazi xodimiga adashib “Pfizer”ning koronavirusga qarshi besh dozali vaksinasi berildi, deb xabar bermoqda “The Straits Times” klinika bayonotiga asoslanib, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Ta’kidlanishicha, hodisa 14 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Vaksinani xodimning organizmiga yuborgan shifokor bir necha daqiqaga uning oldidan ketgan. Boshqa bir shifokor esa xodim hali doza olmagan deb o‘ylab, yana boshqatan vaksina yuborgan.

Qayd etilishicha, qilingan xato deyarli darhol aniqlangan.

Реклама на Unews

"Katta shifokorlar zudlik bilan xabardor qilindi va xodimning havoli baholandi. Shundan so‘ng uning ahvoli normal, nojo‘ya ta’sirlar va reaksiyalar yo‘qligi aniqlandi", deyiladi bayonotda.

Erkak kasalxonada ikki kun yotgan, o‘zini yaxshi his qilgan. Shifokorlar allaqachon bemorga uyiga ketishiga ruxsat berishgan, ammo uni kuzatishda davom etishmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring