BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Shveysariya Gulnora Karimova hisobidagi pullarni O‘zbekistonga qaytarish shartlarini ma’lum qildi

 Shveysariya hukumati 2012 yilda Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan hisob-raqamlardagi mablag‘lardan 131 million dollarga teng aktivlarni O‘zbekistonga qaytarishga rozilik bergan,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Shveysariya hukumati bayonotida aytilishicha, O‘zbekiston qaytarilgan aktivlarni aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, barqaror rivojlanish loyihalariga sarflashi kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, ushbu mablag‘lar xarajati ustidan shaffof monitoring o‘rnatilishi lozim.

Gulnora Karimovaga taalluqli yana 715 mln dollarlik mablag‘lar muzlatib qo‘yilgan. Hozircha bu mablag‘lar Gulnora Karimovaga nisbatan jinoiy ish ketayotgani uchun ushlab turiladi. Ushbu mablag‘lar ham faqat yuqoridagi kabi shartlar asosidagina O‘zbekistonga qaytarilishi mumkin.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring