Sardoba fojiasi: «Bedana oviga borganlar xabar bergan: xalqqa ham, FVVga ham...»

Azon.uz Sirdaryo viloyati Sardoba tumani «Yusuf» jome masjidi imom-xatibi Abdisalim domla Azimov bilan suv omboridagi fojia, «Qo‘rg‘ontepa» mahallasidagi hozirgi ahvol haqida suhbat tashkil etdi,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

– Assalomu alaykum, domla, salomatmisiz? Boshlaringga kelgan musibatdan elu yurt tashvishda... O‘zlaring ham ko‘p diqqat bo‘lmay turibsizlarmi?
– Vaalaykum assalom varahmatulloh. Aka, bu ham Allohning qadari, sinovi, bir imtihoni ekan. Alhamdulillah, sog‘-omon qoldik, O‘zidan sabr tilab, bu musibatlar tezroq ko‘tarilishini duo qilib turibmiz. Xalqimizga rahmat, hamma bir bo‘lib, biz uchun tashvishlanib, qayg‘urib, qo‘lidan kelgan yaxshiligini ayamay, bizga xayrixoh bo‘lib, duoyi xayr qilib turishibdi. Bunday munosabatlar xalqimiz ko‘nglini ko‘tarib, taskin-tasalli berib turibdi. Barchalaridan Alloh rozi bo‘lsin...

– Qori aka, ma’lumki, suv omboridagi o‘pirilishdan so‘ng, suv eng birinchi siz yashab turgan «Qo‘rg‘ontepa» mahallasiga kelgan. Ortda qolgani rost bo‘lsin. O‘sha falokat bo‘lgan kungi vaziyat haqida so‘zlab bersangiz.
– Saharlik qilgandan keyin bir muddat Qur’oni karim o‘qiydigan odatim bor. Qur’oni karim tilovatidan so‘ng, bomdod namozini o‘qib oldim. Shunda bir kishi qo‘ng‘iroq qilib: «Suv dambani urib ketibdi, tez boshqa joyga qochinglar», dedi. Ko‘chaga chiqsam ko‘pchilik eshitib bo‘lgan ekan. Tezda bolalarni kiyintirib mashinaga o‘tirg‘izdik-da, tuman markazi – Sardobaga yo‘l oldik. O‘shanda soat 5:50 ekan. Mahallamiz kichik, hamma bir-birini yaxshi biladi. O‘sha suv ombori yaqinida bir hamqishlog‘imiz yashaydi, yana ikki kishi tongda o‘sha tomonga bedana oviga borishgan ekan. O‘shalar ofatni eng birinchi bo‘lib ko‘rib qishloqqa shoshilishgan, odamlarni qutqarishga sabab bo‘lganlar. Otini choptirib kelib, qishloqni uyg‘otdi, darrov Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bergan. Suv omboridagi o‘pirilgan joy avvaliga kichikroq bo‘lib, borgan sari kattarib ketavergan. 5-10 daqiqa ichida haligi joyda 200-250 metr uzunlikdagi yoriq paydo bo‘lgan.

Реклама на Unews

O‘sha yorilgan joy bizning qishloqdan bir kilometrcha uzoqlikda. Birinchi zarba bizning mahallaga bo‘ldi.

Odamlarning tez xabar topishiga sabab ramazon oyi bo‘lishi, odamlarning erta tongdan ekiniga, mol-holiga qarayman deb turgani sabab bo‘ldi.

Bir bemor kampir, bir ona ikki qizi bilan suvda oqib ketdi. Ular eshitmay qolishganmi yoki boshqa sababmi, bilmadik. Ona suvda qolib ketgan, ikki qizini ancha nariroqda suvdan chiqarib olishgan. Ammo qizlarning biri vafot etgan, ikkinchi qizcha ham og‘ir ahvolda kasalxonada ekan. Ularni Alloh rahmatiga olsin, bemorlariga shifo bersin, deb duodamiz.

Реклама на Unews

Korrupsiya har qanday tabiiy ofatdan ham kulfatliroq!

– Ular qayerga dafn etildi?
– Ularni o‘zimizning qabriston yo‘li yuvilib ketgani sababli tuman markazida janoza o‘qilib, dafn qilingan.

– Masjidning holati qanaqa?
– Masjidlarni ichiga balchiq, loy kirgan. Hujralar, tahoratxonalar vayron bo‘lgan. Qayta qurishga muhtoj deb o‘ylayman. Bizning masjidda jamoatimiz yaxshi. Keyingi yillarda yomon odatlaridan voz kechib, namozga kirgan yoshlar ko‘paygan. Alhamdulillah, odamlarimiz anchasi ichkilikdan qaytib qolgan edi.

– Hukumat tarafidan ko‘p qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan ekan...
– Uylarimizning o‘rniga yangi uy quriladi, deb bizga hali hech kim aytgani yo‘q. Hozir mahallada milliy gvardiya, favqulodda xizmat xodimlari tozalash-tartiblash ishlarini bajarishmoqda.

– Xayriya yordamlari yetib turibdimi? Kamchiliklar yo‘qmi?
– Xayriya yordamlari birinchi kunlari yo‘llar yuvilib ketgani sababli sal kamroq edi, hozir hamma kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shak, oziq-ovqat bilan ta’minlangan. Allohga shukr, kamchilik yo‘q.

– Hozir mahalla aholisi qayerda yashayapti?
– Bizni tuman markazi Sardobaga, ba’zilarni Jizzax viloyatining Do‘stlik, Paxtakor tumanlariga joylashtirishdi.

– Qishloqqa qaytib kelayotganlar ham bormi?
– Uylarda yashaydigan sharoit yo‘q, ammo har bir oiladan bir-ikki kishi kelib omon qolgan hujjatimi, kerakli ro‘zg‘or ashyolarimi olib ketishyapti. Allohning qadari ekan, boshimizga suv balosi keldi. Alhamdulillahki, oila a’zolarimiz, qarindoshlarimiz zarar ko‘rishmadi. Faqat sabr qilishdan, Unga hamd aytib, zikrida bo‘lishdan boshqa choramiz yo‘q. Inshaalloh, Allohning yordami bilan vayron bo‘lgan qishloqlarimiz ham qayta qurilib, go‘zal maskanlarga aylanar, shu kunlardan umidimiz bor. Prezidentimiz birinchi kundan kelib bizga, xalqqa dalda bo‘ldilar, rosti gap, hammaning dili yori

hdi, umid uyg‘ondi. Alloh u kishiga ham quvvat bersin, doimo sog‘ bo‘lsinlar.

Yana bir bor saxovatli, mehr-oqibatli xalqimizga rahmat aytamiz, Qilgan ehsonlarini ushbu kunlar sharofati bilan Alloh dargohida qabul etsin! Alloh ularniyam, bizniyam shunday balolardan asrasin!

Suhbatdosh: Yoqub Umar

O‘zbekistonda koronavirus bemorlarining 11 nafari og‘ir ahvolda

Islandiya koronavirusni jilovlay oldi

Rossiyada ishsiz qolgan migrantlarning oilalariga ovqat yetkazib berilyapti (foto)

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring