O‘zbekistonda koronavirus bemorlarining 11 nafari og‘ir ahvolda

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning 10 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

“Bemorlarni davolashda ijobiy natijalar qayd etilyapti. 6 may kuni 76 fuqaro to‘liq sog‘aygan va reabilitatsiya markazlariga o‘tkazilgan. Ayni paytga qadar 1577 nafar, ya’ni 70 foizdan ortiq bemor virusdan forig‘ bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda davolanayotgan 679 bemordan 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir”, dedi Otabekov.

Ma’lumot uchun, mamlakatda epidemiologik vaziyatning yaxshilashgani sababli viloyatlar “qizil”, “sariq” va “yashil” guruhlarga ajratildi. Ularning qaysi guruhga kirishiga qarab, karantin choralari yumshatildi yoki o‘zgarishsiz saqlab qolindi.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar 2266 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 1577 nafari sog‘aygan va 10 nafari vafot etgan.

Islandiya koronavirusni jilovlay oldi

Rossiyada ishsiz qolgan migrantlarning oilalariga ovqat yetkazib berilyapti (foto)

Реклама на Unews

Kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий