Saida Mirziyoeva: "Oyim bilan Sirdaryoga bordik, u erda ajoyib bir voqea bo`ldi" (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoevning turmush o`rtog`i Ziroatxon Hoshimova hamda uning to`ng`ich qizi, Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari Saida Mirziyoeva Sirdaryo viloyatiga borishdi. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

 

Реклама на Unews

Bu haqda Saida Mirziyoeva o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma`lum qildi:

"Oyimlar bilan Hayit bayrami arafasida Sirdaryo viloyatiga odamlarning holidan xabar olgani bordik. Shunda ajoyib bir voqea bo`ldi.  

6-7 yoshlardagi bolakay bilan suhbatlashyapmiz. “Nima bo`ldi o`zi, nima qildinglar o`sha payt?” − deb savolga tutdim. "Ertalab vaqtli uyg`onib ketdik. Qarasak, hamma yuguryapti, biz ham dadam bilan ko`chaga yugurdik”, – deydi. Shu payt jajji, shiringina singilchasi gapga qo`shildi, deng. Nigina ekan ismi. “Mening oq ayiqcham bor-ku, o`sha uyda qolgan ekan, - deydi ko`zlarini katta-katta ochib, - Men uni cho`kib ketdi deb o`ylab, rosa xafa bo`ldim. Keyin dadam yo`q bo`lib qoldilar. Qidirib-qidirib, o`yinchog`imni topib keldilar. Ayiqcham qaytib keldi! Hozir uxlab yotibdi”.  

Реклама на Unews

Juda ta`sirlanib ketdim. Tasavvur qilyapsizmi?! Odamlarning ko`ziga hech nima ko`rinmay, har tomonga o`zini urgan bir paytda Niginaning dadasi farzandim o`ksib qolmasin deb, ortiga qaytgan", — o`z kechinmalari bilan bo`lishgan u.

Ramzan Qodirovning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berildi

Diqqat! Shifokor yurakka zarar keltiradigan 5 mahsulot nomini aytdi

Milliarderni 643 million yevroga chuv tushirishdi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring